Asosiy

Xalqaro darajadagi strategik kommunikatsiyalar va mustaqil jurnalistika

Ahmad Muhammadov — media menejer, PR mutaxassis va sport tahlilchisi. Brendlar, moliya nashrlari va xalqaro sport tadbirlari uchun keng qamrovli PR strategiyalar, raqamli marketing yechimlari hamda yuqori sifatli tahliliy kontent yarataman.

Kasbiy tajriba

GETWORK Xususiy Bandlik Agentligi — PR-menejer (Iyul 2026 – Hozirgacha)

• B2B segmentida kompaniyaning PR-tadbirlarini tashkil etish va OAV bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatish.
• Ijtimoiy tarmoqlar va bloglar uchun axborot materiallari, maqolalar hamda PR-kampaniyalar strategiyasini ishlab chiqish.

Xalqaro sport jurnalistikasi (UFC, FIFA, OFK) — Mustaqil jurnalist (Noyabr 2025 – Hozirgacha)

• FIFA, OFK va UFC doirasida xalqaro sport musobaqalarida mustaqil akkreditatsiyalangan jurnalist sifatida faoliyat yuritish.
• Turnirlar joyidan bevosita tahliliy materiallar tayyorlash va global sport voqealarini yoritish.

finpress.uz moliya-iqtisodiy nashri — Asoschi va rahbar (Oktabr 2025 – Hozirgacha)

• Moliya va iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan mustaqil nashrga asos solish va uning strategik rivojlanishini ta'minlash.
• Tahlilchilar, muharrirlar va jurnalistlardan iborat jamoaning kundalik faoliyatini boshqarish.

Toshkent Tovar Xomashyo Birjasi (Ebirja) — Marketing va PR menejeri (Yanvar 2026 – Mart 2026)

• Moliya sektorida mahsulotni bozorga olib chiqish, maqsadli auditoriya va raqobatchilarni monitoring qilish orqali PR strategiyalarni shakllantirish.
• Tashqi hamkorlar, pudratchilar hamda davlat organlari bilan o'zaro aloqalarni tashkil etish va hujjatlar aylanmasini yuritish.

Kursiv Media — Jurnalist (Dekabr 2024 – Noyabr 2025)

• Biznes, moliya va bank sohasi bo'yicha chuqur tahliliy maqolalar hamda yangiliklar tayyorlash.
• Faktcheking, intervyular o'tkazish va tahririyat standartlariga mos matnlar yaratish.

Scroll to Top